PАRTIYA GʼOYALАRINI TUSHUNGАN, TАRGʼIB QILА OLАDIGАN NOMZODLАR TАNLАNDI
PАRTIYA GʼOYALАRINI TUSHUNGАN, TАRGʼIB QILА OLАDIGАN NOMZODLАR TАNLАNDI

“Yuksalish” umummilliy harakati anjumanlar zalida ekspertlar, barcha siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida “Davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarda siyosiy partiyalar ishtirokining dolzarb masalalari” mavzusidagi davra suhbati boʼlib oʼtdi.

Davra suhbati davomida partiyalar oʼz Saylovoldi dasturlariga kiritilayotgan tashabbuslar haqida qisqacha maʼlumot bergan.

Siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlarni tanlashda nimalarga eʼtibor bermoqda?

Oʼzbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi oʼrinbosari Ulugʼbek Vafoev bu savolga quyidagicha javob qaytargan:

– Partiyamiz deputatlikka nomzodlarni saralashda 15 ta mezondan kelib chiqadi. Joriy yil xalq deputatlari tuman Kengashiga 3, viloyat Kengashiga 5, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga bir oʼringa nomzod sifatida esa 10 nafar zaxira nomzod shakllantirildi. Bu yil 45 foiz nomzod ayollardan iborat. 70 foiz nomzod 30 yoshdan 50 yoshgacha boʼlganlardir. Eng muhimi, partiya gʼoyalarini tushungan, targʼib qila oladigan nomzodlar tanlandi.

Davra suhbatida jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Oʼzbekiston XDP Markaziy Kengashi

Аxborot xizmati

Teglar

Deputat Saylov-2019
← Roʻyxatga qaytish