Xalq deputatlari Shumanoy tuman Kengashidagi partiya guruhi “Tumanda xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar toʼgʼrisida”gi masalani oʼrganib chiqdi.
Nazorat-tahlil natijalari partiya guruhi yigʼilishida koʼrib chiqildi. Oʼzbekston XDP deputatlik guruhi aʼzolari B.Balabaeva, Z.Nasirova, Oʼzbekston XDP Shumanoy tuman kengashi raisi B.Masharipov kүn tartibidagi masala boʼyicha gapirib oʼtdi.
Taʼkidlandiki, Shumanoy tumani xalq taʼlim vazirligiga tegishli taʼlim muassasalarida 2018-2019 oʼquv yilida 7365 nafar oʼquvchi taʼlim olmoqda. Qoraqalpoq tilida 6616 nafar, qozoq tilida 282, rus tilida 73 va turkman tilida 394 oʼquvchi bilim olmoqda. 10-11-sinf oʼquvchilarini oʼquv ishlab chiqarish kombinatida amaliy mashgʼulotlarini olib borishlari uchun 5 bilim muassasasi (Shumanoy qishloq-xoʼjalik kasb-hunar kolleji, pedagogika kolleji, 9-13-15-sonli maktablar) belgilangan. 2018-2019-oʼquv yilida maktablarda 1080 pedagog xodimlar boʼlib, shundan 760 (70,4%) xotin-qizlar tashkil etadi.
Deputatlarning qayd etishicha, maktablarda oʼquvchilarning darsliklar bilan taʼminlanish holati yaxshi emas. Kutubxonalarda oʼquvchilarning kitob oʼqishi uchun shart sharoitlar yetarli darajada emas. Kompьyuter va zamonaviy axborot texnologiyalari yetishmaydi. Bu esa taʼlim sifatini oshirish jarayoniga toʼsqinlik qilmoqda.
Deputatlar tomonidan tizimda uchrayotgan muammo va kamchiliklar ochiq-oydin tahlil etildi, takliflar ishlab chiqildi.
Masalani muhimligini inobatga olib, uni xalq deputatlari Shumanoy tumani kengashining tegishli doimiy komissiyasi va kerak boʼlsa sessiya kun tartibiga kiritish boʼyicha qaror qabul qkilindi.
Oʼzbekiston XDP Qoraqalpogʼiston Respublika Kengashi
Аxborot xizmati