Uch avlod uchrashuvi

 

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani Qamashi mahalla fuqarolar yig‘inidagi Madaniyat saroyida O‘zbekiston XDP tuman kengashi, tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Tadbirni Kasbi tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbari, O‘zbekiston XDP faoli Sariqov Qurbon kirish so‘zi bilan ochdi.

Uchrashuvda tumandagi keksa avlod vakillari bo‘lgan nuroniylar, faxriylar, partiya faollari va yoshlar, turli sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan chempionlar, ilm-fan va madaniyat sohasida yutuqlarga erishgan faollar ishtirok etishdi.

Ma'lumki, Kasbi tumanidan O‘zbekiston Qahramoni, ko‘plab shoirlar, xalq artistlari, ilm darg‘alari yetishib chiqqan. Tumanda 103 nafarga yaqin dyuzdo, erkin kurash, yengil atletika, qo‘l jangi kabi sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempionlari bo‘lib, yurtimiz bayrog‘ini jahon arenalarida baland ko‘tarmoqda. Tadbirda O‘zbekiston XDP tuman Kengashi raisi, partiya guruhi rahbari S. Hamroev so‘zga chiqib, ziyolilarning, sportchilarning mamlakat taraqqiyoti uchun fidokorona mehnat qilishgani, ularning mehnat mashaqqatlari va hayot yo‘li yoshlar uchun maktab vazifasini o‘tashini ta'kidlab o‘tdi. Dyuzdo bo‘yicha 3 karra O‘zbekiston chempioni, para olimpiyachi Diyorbek Maydonov o‘z so‘zida bunday tadbirlarning tashkil etilishi yoshlarga juda katta motivasiya berishi, sportga bo‘lgan qiziqishni orttirishini ta'kidladi.

Shuningdek, uchrashuvda gilamchilik, kashtachilik, badiiy havaskorlik to‘garaklarida yoshlarni bo‘sh vaqtlarida kasb-hunarga o‘rgatish, qadimiy ana'nalarni rivojlantirishga qaratilgan ko‘rgazma tashkil etildi.

Tadbir so‘nggida faxriylar o‘zlari bosib o‘tgan hayot yo‘llari haqida yoshlarga so‘zlab berishdi hamda bugungi osoyishta va farovon hayotdan unumli foydalanish kerakligini ta'kidlashdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Faxriy Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish