Deputat – mahallada loyihasi

 

O‘zbekiston XDP Yakkabog‘ tuman kengashi raisi, 17-Uchtepa saylov okrugi deputati N. Elmurodova tomonidan Uchtepa MFY hududida istiqomad qiluvchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

“Deputat mahallada” loyihasi doirasida mahalladagi ko‘chaboshilar, xotin-qizlar, yoshlar va nuroniylar bilan suhbatlashilib, aholini qiynayotgan mavjud muammolar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, oilaviy ajrimlar, yoshlar bandligi xususida muloqot qilinib, murojaatlar deputat tomonidan yozib olindi.

Aholi vakillari asosan toza ichimlik suvi o‘tkazish, yo‘llarni tekislash masalalari yuzasidan murojaat qildi. Deputat mazkur masalalar yechimi bo‘yicha mutasaddi rahbarlar bilan gaplashib, qisqa fursatda muammolar hal qilinishiga kelishib oldi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish