Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi deputati Ravshan Karimov o‘zi saylangan Xiva tumanidagi Bo‘ston, Dashyoq, Gulshan, Okyop hamda Serchali mahallalarida bo‘lib aholi bilan uchrashdi.
Savdo shahobchalaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navolari bilan tanishdi. Bozorlarda narx oshib ketmasligi bo‘yicha tadbirkorlar bilan suhbat o‘tkazdi. Shuningdek, hozirgi sovuq kunlarda aholining yashash sharoitlarini o‘rgandi.
Ayozli qish mavsumini betalofat o‘tkazish, jamoat tartibini saqlash hamda narx-navo barqarorligini ta'minlash bo‘yicha Urganch tumani hokimligi tomonidan tashkil qilingan komissiya tarkibiga XDP deputatlari ham biriktirilgan bo‘lib, ular mahallalarda xonadonbay ish olib borishmoqda. Aholining yashash shart-sharoitlarini o‘rganib, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini ko‘rmoqdalar.