Ayollarga ko‘mak
O‘zbekiston XDP Jarqo‘rg‘on tuman kengashi raisi Ch. Yusupov, tumandagi A. Navoiy MFY raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A. Qoraqulov bilan hamkorlikda tumandagi 26-sonli oilaviy poliklinikada “Ayollarga ko‘mak” loyihasi doirasida tibbiyot xodimlariga yaratilayotgan sharoitlar o‘rganib chiqildi.
Qattiq sovuqda uchrayotgan muammolar bo‘yicha fikrlashib, amaliy yordamlar ko‘rsatilishi bo‘yicha kelishib olindi va deputatlik nazorati o‘rnatildi.