Murojaatlar joyida hal etilmoqda
Murojaatlar joyida hal etilmoqda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Surxondaryo viloyat Kengashiga saylangan deputat Dilfuza Jo‘rayeva tuman hokimi va sektor rahbari, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda Termiz tumani «Nurafshon» mahallasidagi ikki qavatli uylar hamda 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi kamchiliklarni o‘rganmoqda va muammolarni hal qilishda bosh-qosh bo‘lmoqda.

Jumladan, Termiz tumanidagi ko‘p qavatli uylarda uy ta’miri boshlandi, elektroshitlar yangisiga almashtirilib, gaz quvurlari qayta ta’mirdan chiqarilmoqda. Kam ta’minlangan, kasalmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Chiqindilar to‘liq olindi. Hovlilardagi betartib qurilgan tandir-o‘choqlar buzildi. Hamma hasharga jalb etildi. Uylarga kirish eshiklariga buyurtma berildi. Podyezdlarga oynalar qo‘yilmoqda.

Shuningdek, Uchqizil MFY 5 qavatli uylar atrofidagi chiqindixona to‘lib ketgani haqidagi murojaatni o‘rganib, masala sektor rahbari yordamida joyida bartaraf etildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish