Deputat aholiga ko‘makdosh

 

O‘zbekiston XDP Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Baxtiyor Toshpulatov yana bir xayrli ishga qo‘l urdi. O‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda avariya holatida bo‘lgan Jizzax shahridagi 12-son maktabining isitish tizimini qayta ta’mirlab, foydalanishga topshirdi.

Shuningdek, qattiq sovuq oqibatida zarar ko‘rgan, Qaliya mahallasi Tepaqo‘rg‘on ko‘chasi 29-a uyda yashovchi, boquvchisini yo‘qotgan Nargiza Alimardonovaning xonadonida bo‘ldi. Ayolning uyida yong‘in ro‘y bergan edi. Deputat ofat oqibatlarini bartaraf etishda o‘z hissasini qo‘shdi va oila uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish