Amaliy yordam choralari muhokama qilindi
Amaliy yordam choralari muhokama qilindi

 

“Uyma-uy” loyihasi doirasida O‘zXDP Xorazm viloyat Qo‘shko‘pir tuman kengashi raisi O. Yusupova, tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiri bo‘limi bosh mutaxassisi, XDP faoli D. Yusupova, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha tuman hokim yordamchisi R. Xo‘jayev, tumandagi mahallalarda bo‘lishdi.

“Taraqqiyot” mahallasida yashovchi Zinaida Iskandarova, “Mesit” mahallasi fuqarosi Nuquljon Boltayeva, “Yangilik” mahallasidan Rajabbibi Otamurodovalarning xonadoniga borishib, ularning yashash tarzini ko‘zdan kechirishdi. Ushbu oilalarning iqtisodiy ahvoli og‘irligi inobatga olinib, amaliy yordam berish choralari ko‘rildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish