Partiya safida yangi a’zolar soni ko‘paymoqda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga a’zolarni saylash tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablariga asosan O‘zbekiston XDP Mirzacho‘l tuman Kengashi tomonidan yoshlarning hujjatlari qabul qilinmoqda.

Bugun faol yoshlarimizdan Gavhar To‘rabekova, Tohir Turapovlarning hujjatlari qabul qilindi va ular o‘z xohishiga ko‘ra partiya a’zoligiga qabul qilinib, partiya guvohnomalari topshirildi.

Shuningdek, O‘z XDP Jizzax shahar Kengashida Yoshlar parlamentiga a’zo bo‘lish umidida kelayotgan yoshlar soni talaygina. N. Siddiqov yoshlarni partiya a’zoligiga qabul qilib, ularga siyosiy tushunchalar berib bormoqda. Shuningdek, hujjatlar saralanmoqda.

Saylov ikki yarim yilda 1 marotaba 3 bosqichda o‘tkaziladi.

1-bosqich tegishli okrugdagi tumanlarda saralash orqali tashkil qilinadi. (23 yanvar — 6 fevral)

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish