"Uyma-uy" loyihasi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Ellikqal’a tuman Kengashi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Matniyazova Aysha Ataniyazovna "Uyma-uy" loyihasi doirasida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Ellikqal’a tuman Kengashi mas’ul xodimlari bilan birgalikda o‘zi saylangan Qirqqizobod ovul fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib mahalla raisidan ushbu mahallada yashovchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj, “Ayollar daftari” ga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, ish bilan ta’minlanmagan, uy-joyga muhtoj xotin-qizlar ro‘yxati tuzilib, birma-bir xotin-qizlar bilan dildan suhbat qurildi.

Suhbat chog‘ida mamlakatimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor, ular uchun yaratilayotgan sharoitlar, qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar, shuningdek, O‘zbekiston XDP to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida "Mehr harakati"doirasida Qirqqizobod mahallasida yashovchi Rahmanova Muslimaga deputat tomonidan moddiy yordam ko‘rsatildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish