Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Andijon viloyatida bo‘lib turibdi. Andijonliklar tashrifni, har galgidek, katta quvonch bilan kutib oldi. Chunki tashrif nafaqat viloyatdagi yangiliklar bilan tanishish, shu bilan birga, qilinayotgan ishlarga yangi nigoh bilan qarash, yanada yangi marralarga intilishga undaydi.
Tashrif chekka tumanlarimizdan biri Bo‘stondan boshlandi. "Sayyora favvorasi" faoliyati bilan yaqindan tanisharkan, Prezident zamonaviy ish o‘rinlarini yaratish, ehtiyojmand oilalar vakillarini serdaromad ish bilan ta’minlash lozimligi masalasiga urg‘u berdi. Bu kambag‘allikni kamaytirish, xalqimizning turmush darajasi yanada yaxshilanishi uchun juda muhim.
Bandlik, doimiy daromad manbai yaratish masalalari partiyamiz faollari, deputatlarning kun tartibidan tushmasligi kerak. Xalq deputatlari Kengashlaridagi guruhlarimiz har bir tuman, shaharda bandlik, ish o‘rinlari yaratish dasturi ijrosini chuqur o‘rganib, tanqidiy tahlil qilib, sessiyalar muhokamasiga olib chiqishimiz zarur. Biz bu masalaga vijdonan yondashishimiz kerak.
Bahrom Qurbonov,
O‘zXDP Andijon viloyat kengashi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi.