Arnasoyda «Eng faol deputat» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi

 

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston XDPning Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari o‘rtasida “Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovi tashkil etib kelinmoqda. Arnasoy tuman kengashida tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov ishtirokchilari uchta shart asosida o‘zaro bellashib, bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra 13-Abay saylov okrugi deputati Rano To‘raboyeva 42 ball bilan viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Shuningdek, "Yilning eng jonkuyar deputati" nominatsiyasida 1-G‘oliblar saylov okrugi deputati Usmonqul Umarov, "Eng ma’rifatli deputat" nominatsiyasi bo‘yicha 4-saylov okrugi deputati Muhiddin Suyarov, "Tashabbuskor deputat" yo‘nalishida 6-Oxunboboyev saylov okrugi deputati Idrisqul Parmanov taqdirlangan bo‘lsa, "Eng ko‘p hurmatga sazovor bo‘lgan deputat" nomiga 15- Baxtli saylov okrugi deputati Usmon Ko‘konov loyiq topildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish