Ayollar salomatligi sog‘lom turmush poydevori
Inson salomatligi, uni muhofaza qilish va mustahkamlash hamisha eng oliy maqsadlardan biri sanaladi. Xususan, O‘zXDP Zarafshon shahar kengashi Mafkura masalalari bo‘limi targ‘ibotchisi I. Olimovaning tashabbusi bilan shahar Tibbiyot kollejida “Ayollar salomatligi sog‘lom turmush poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda muassasa xodimlari va mutaxassislar tomonidan sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, erta nikohning oldini olish, uning salbiy taraflari to‘g‘risida shuningdek, jamiyatda sog‘lom oilani shakllantirish borasidagi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan javoblar olishdi.