"Uyma-uy" loyihasi davom etmoqda
O‘zbekiston XDP Kogon shahar Kengashi deputati N. Mamedov tashabbusi bilan "Uyma-uy" loyihasi asosida "Mirzo Ulug‘bek" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlarda aholi murojaatlari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
Jumladan, “Jasorat” ko‘chasidagi 19-uyga tashrif buyurib, M. Saidovaning hunarmandchilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bildirgan murojaatlari har taraflama muhokama qilindi. Deputat oila a’zolariga bu borada huquqiy maslahatlar berib, amaliy yordam ko‘rsatishga kelishib oldi.