Jizzax shahrida «Eng faol deputat» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi

 

Xabaringiz bor, O‘zbekiston XDPning Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari o‘rtasida “Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovi tashkil etib kelinmoqda.

Bugun O‘zXDP Jizzax shahar kengashida tanlovning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov ishtirokchilari uchta shart asosida o‘zaro bellashib, bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Bellashuvlar natijalariga ko‘ra, deputat Musaxon Imomov 42 ball bilan viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, 1-darajali diplom bilan taqdirlandi. 2-o‘rin Otabek Bakirov, 3-o‘rin Muzaffar Mamatqulovga nasib etdi.

Shuningdek, "Yilning eng jonkuyar deputati" nominatsiyasi bilan Baxtiyor Toshpo‘latov, "Eng ma’rifatli deputat" nominatsiyasi bo‘yicha Dildora O‘ralova, "Tashabbuskor deputat" nominatsiyasida Shoira Tolipova, "Faol deputat" Abdumalik Suyarov, "Eng ko‘p hurmatga sazovor bo‘lgan deputat" nominatsiyasida esa Jo‘ra Murodovlar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. G‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish