“Uyma uy” loyihasi
“Uyma uy” loyihasi

 

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Lola Saodatova tomonidan Qamashi tumani, “Qo‘shkapa” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla faollari bilan birgalikda aholi murojaatlari tinglandi.

Deputat tomonidan o‘rganilgan xonadonlar egalaridan 3 nafari elektr-energiyasi, 10 nafari gaz balon yetkazish, 2 nafari ichki yo‘llar, 7 kishi moddiy yordam ajratish, uy-joy, tibbiy ko‘riklar tashkil etish va boshqa masalalarda murojaatlar qilishgan.

Barcha masalalar deputat nazoratiga olinib, tegishli tashkilotlar rahbarlariga ijro xatlari va so‘rovlar yuborildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish