Aniq vazifalar belgilab olindi
Aniq vazifalar belgilab olindi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashida 2022-yil yakuniga bag‘ishlangan kengaytirilgan Ijroiya Qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar kuni qabul qilingan PF-60-sonli farmoniga muvofiq, keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasining umumxalq muhokamasi doirasida, partiyaning ustavi, saylovoldi dasturi, 2022 yilga mo‘ljallangan ish rejasi, manzilli chora-tadbir va yo‘l xaritalari hamda harakatlar dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib olib borgani ta’kidlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Saylovoldi platformasining maqsad va ustuvorliklarini amalga oshirishda Toshkent shahar, tuman partiya tashkilotlari, xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlardagi partiya guruhlarining 2022 yilga mo‘ljallangan amaliy Harakat dasturi ijrosini ta’minlashda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilganligi, xususan, xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlaridagi partiya guruhlari tashabbuslari bilan partiyaning 2022 yilga mo‘ljallangan amaliy Harakat dasturi hamda amaliy ish rejalarida belgilangan vazifalardan 170 ta masala partiya guruhlarida, 187 ta masala doimiy komissiyalarda, 158 ta masalalar sessiyalarda ko‘rilgan va tegishli qarorlar qabul qilinganligi partiya guruhlari tomonidan 2022 yil mobaynida jami: 244 ta deputatlik so‘rovlari yuborilib, 171 tasi ijobiy hal etilib, partiya guruhlari tashabbusi bilan 136 nafar mansabdor shaxslarning hisobotlari eshitilganligi aytib o‘tildi. Partiya tashkilotlari va deputatlik guruhlarining 2022 yildagi faoliyat natijalari, partiyaning dasturi, saylovoldi dasturi, ustavi, amaliy harakat dasturi hamda boshqa manzilli rejalarda belgilangan vazifalar ijrosi, shuningdek, qonunchilikda siyosiy partiyalar va partiya guruhlariga berilgan huquqlardan foydalanish darajasiga ko‘ra yuqori natijalarni qayd etgan Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Bektemir, Yashnobod tuman Kengashlariga minnatdorchilik bildirildi.

Shu bilan birga, jamoatchilik bilan ishlash tizimidagi kamchiliklar tanqid qilindi. 2023 yil birinchi choragi yakunlari bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish