Davlat dasturi loyihasi muhokama etildi
Davlat dasturi loyihasi muhokama etildi

 

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi hamda Toshkent shahar kengashi tomonidan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi muhokamasi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston XDP MK “Ayollar qanoti”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston XDP Toshkent shahar, tuman Kengashlari mas’ullari, mahalliy Kengashlar deputatlari, partiya faollari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining respublika hamda Toshkent shahar “Oqila ayollar” harakati a’zolari ishtirok etishdi.

Tadbirda Davlat dasturi loyihasida belgilangan vazifalar, ularning mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Davlat dasturi loyihasi 7 ta yo‘nalish, 100 ta maqsad va 309 ta banddan iborat.

Shundan to‘rtinchi, ya’ni “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishi”da belgilangan vazifalar aksariyati partiyamiz dasturidagi vazifalar bilan hamohang. Mazkur yo‘nalish o‘z ichiga ta’lim, sog‘liqni saqlash, ehtiyojmand qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish hamda xotin-qizlar va yoshlar masalalariga oid jami 82 ta bandni qamrab olgan.

Jumladan, 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab, respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlashning yo‘lga qo‘yilishi orqali partiyamiz dasturidagi muhim masalalarning biri amalga oshirilsa, 2023 yil 1 martdan boshlab nogironlik idoralararo elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida fuqarolar kasalligining og‘irligi va uning asoratlaridan kelib chiqib, ularning ishtirokisiz belgilanishi yoki 2024 yil 1 yanvardan boshlab pensionerga hisoblangan, lekin o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddatini 12 oydan 24 oyga uzaytirilishi partiyamiz elektorati bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek mutaxassislar tomonidan davlat dasturi loyihasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgani, aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish borasida keng qamrovli aniq vazifalarni amalga oshirish belgilangani chuqur tahlil qilib berildi.

Tadbir savol-javob va bahs-munozaraga boy tarzda o‘tdi. “Ayollar qanoti” faollari va “Oqila ayollar” harakati a’zolari davlat dasturiga o‘z takliflarini berdi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish