Oqoltinning eng faol deputati aniqlandi

 

O‘zbekiston XDP Oqoltin tuman kengashi tomonidan "Eng faol deputati” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tanlov Nizomi bo‘yicha barcha shartlar yakuniga ko‘ra “14-Sobirobod” saylov okrugidan saylangan deputat E. Boboyev 88 ball to‘plab g‘olib deb topilib, ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Shuningdek, "13-Obod" saylov okrugidan saylangan deputat G‘. Ahmedov ikkinchi, "25 Navbahor" saylov okrugidan saylangan deputat Zulayho Mirzayeva uchinchi o‘rinni egalladi.

"10-G‘allakor" okrugi deputati K. Mustafoyev "Tashabbuskor deputat" nominatsiyasini qo‘lga kiritdi. Ishtirokchilar diplom va tashakkurnomalar hamda Oqoltin tuman partiya kengashining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish