Deputatlarning bilimlari sinalmoqda

 

O‘zbekiston XDP Qorako‘l va Olot tumani kengashlari tomonidan “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining eng faol deputati” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Unda Xalq deputatlari Qorako‘l tuman Kengashidan 4 nafar va Olot tumani Kengashidan partiyamizning 6 nafar deputati ishtirok etdi.

Ko‘rik-tanlovni O‘zbekiston XDP viloyat kengashi tashkiliy ishlar bo‘lim boshlig‘i M. Aslonov olib borib, tanlov o‘tkazish bosqichlari va shartlari bilan ishtirokchilarni tanishtirdi. Ishtirokchilar natijalarini baholab borish uchun 3 kishidan iborat jyuri va 2 kishidan iborat sanoq komissiyasi tashkil etildi.

Buxoro viloyat Kengashi raisi Z. Tuyyeva bellashuvlar boshlanishidan avval ishtirokchilarga omadlar tiladi. Qatnashchilar 3 ta shart bo‘yicha o‘z bilim va tajribalarini sinovdan o‘tkazishdi. Yakunda g‘oliblar faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish