Navoiyda deputatlar bellashuvi

 

Navoiy viloyatining Uchquduq, Karmana tumanlari va Navoiy shahrida O‘zbekiston XDPning eng faol deputati ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlov Nizomiga ko‘ra deputatlar siyosiy hozirjavoblik, aholi muammolarini bartaraf etish yuzasidan loyiha taqdimoti va o‘zlari sevgan mashg‘ulotlardan namunalar ko‘rsatib, bilimlarini sinashdi.

Uchquduq tumanida hakamlar xay’ati xulosasiga ko‘ra, deputat Ergashova Ozoda Xontemirovna g‘olib deb topilib, ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Karmana tumanida shartlarda belgilangan savol-javoblar, loyihalar himoyasi bo‘yicha Aziz Pirnazarov, Maqsud Pardayevlar faol ishtirok etishdi. Umumiy to‘plagan ballari bo‘yicha 3-Narpay saylov okrugi deputati Pirnazarov Aziz G‘ulomovich 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

Navoiy shahridagi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalari universiteti majlislar zalida o‘tgan shahar bosqichida esa 26-Mustaqillik saylov okrugi deputati Aldabergenova Shirin Kursanbekovna 1-o‘rinni egalladi.

Ko‘rik-tanlovning barcha ishtirokchilari 1-,2-,3-darajali diplom va esdalik sovg‘alari hamda sertifikatlar bilan taqdirlandi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish