Ellikqal’ada xotin-qizlar muloqoti

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Ellikqal’a tuman kengashi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Matniyazova Aysha Ataniyazovna, Ellikqal’a tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Yuldasheva tomonidan tumandagi Tuproqqal’a mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 35-sonli umumta’lim maktabida uchrashuv tashkil etildi.

Unda oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka keng jalb qilish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish, oilada kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha suhbatlashildi.

Tadbirda oilalarda sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mahalladagi uy ta’limida ta’lim olayotgan nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzanlari holidan xabar olinib, Axborot kutubxona markaziga a’zo qilindi va kitoblar sovg‘a qilindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish