Ko‘rik-tanlovning Qashqadaryo viloyat bosqichi o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari ishtirokini kuchaytirish, yuksak siyosiy bilim va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan mahalliy Kengash deputatlarini partiyaning kadrlar zaxirasiga kiritish, partiya guruhlarini ishini namunaviy tashkil etgan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar partiya guruhlari orasida eng faol deputatlarni aniqlash maqsadida “O‘zbekiston XDPning eng faol deputati” ko‘rik-tanlovi tashkil etilgan edi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat kengashi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi tomonidan Qarshi shahridagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limi majlislar zalida ko‘rik-tanlovning ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.

Ikkinchi bosqichda tuman (shahar)lardan g‘olib bo‘lgan 16 nafar deputat “Tashabbus va g‘oyalarimiz Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun!” shiori ostida 3 ta shart asosida o‘zaro bellashdi.

Ko‘rik-tanlov yakunida barcha ishtirokchilarga diplom, sertifikat hamda tashakkurnomalarni hamda viloyat partiya kengashi esdalik sovg‘alarini O‘zbekiston XDP viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari Olim Ravshanov topshirdi.

Deputatlik faoliyatini jadallashtirish – davr talabi. Deputatlik faoliyati muntazam mehnat, ham o‘z ustida, ham muammolar ustida tinmay ishlashni talab qiladigan sohadir. Ayniqsa mahalliy Kengashlar deputatlari xalq bilan muloqotdagi eng quyi, xalqqa yaqin bo‘g‘in sifatida doimiy harakatda bo‘ladi.

Bugun xalqimiz deputatlardan ko‘p narsa kutayapti. Shunday sharoitda deputatlik faoliyatini jadallashtirish va zamon talabiga moslashish kun tartibidagi asosiy masalalaridan biri bo‘lib turibdi.

Bunday ko‘rik-tanlovlar deputatlik faoliyatini jadallashtirish va zamon talabi asosida faol va tashabbuskor bo‘lishlariga zamin yaratadi.

Ko‘rik-tanlov barchada yaxshi taassurot qoldirdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish