Uyma-uy loyihasi

 

Xalq deputatlari Nishon tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zosi X. Abrayev tomonidan tumandagi “Orzu bo‘stoni” va “Oq oltin” mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholi bilan uchrashuvlar tashkil etilib, kam ta’minlangan fuqarolarning muammolari o‘rganildi.

 

Fuqarolar asosan uy-joyni ta’mirlash, moddiy yordam ajratishda yordam so‘rashgan.

Loyiha doirasida deputat tomonidan “Oq oltin” MFY, Navro‘z ko‘chasi 5-uyda yashovchi, ayni vaqtda “Ayollar daftari”ga kiritilgan Ablazova Muhayyo Abdujabbor qiziga kredit evaziga tikuv mashinasi olib berilishida ko‘maklashildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish