Namanganda g‘oliblar aniqlandi

 

Namangan Davlat universitetining faollar zalida “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining eng faol deputati” ko‘rik-tanlovining Namangan viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 

“Tashabbus va g‘oyalarimiz mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning viloyat bosqichida shahar-tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 9 nafar deputat ishtirok etdi.

Uch shart asnosida o‘tkazilgan tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, Kosonsoy tumanidan Javlonbek Abdullayev birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va respublika bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Namangan shahar Kengashi deputati Muxtor Isaqov ikkinchi va Uychi tuman Kengashi deputati Ra’no Nazarova uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, turli darajadagi diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish