Zulfiya mukofoti sovrindori partiyamizga a’zo bo‘ldi
Zulfiya mukofoti sovrindori partiyamizga a’zo bo‘ldi

 

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Niyetbayeva Hurliman Amanbay qizi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga a’zo bo‘ldi.

Hurliman Niyetbayeva 2002 yil 20 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida tug‘ilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi. Ilmga juda qiziqadi. O‘z fanini chuqur o‘zlashtirgan, bilimli, izlanuvchan, dunyoqarashi keng, ijodkor. Bilimli, iqtidorli va iste’dodli bo‘lishi bilan birga ingliz, rus tillari, ma’naviyat, adabiyot, informatika fanlariga juda qiziqadi. Bundan tashqari o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida badiiy kitoblar o‘qish, pazandachilik, she’r yozish bilan shug‘ullanadi.

Niyetbayeva Hurliman 2020 yili Qozog‘iston Respublikasining Olmata shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro "Grand Premiyum" tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Shuningdek 2021 yili "Yosh Baxshi, jirovlar" tanlovining respublika bosqichida "Eng yaxshi ayol baxshi ovozi" nominatsiyasi bilan taqdirlangan. Rossiyaning Sankt-Peterburg, Moskva shaharlarida bo‘lib o‘tgan xalqaro tanlov va festivallar g‘olibi.

— Anchadan beri siyosiy partiya a’zosi bo‘lish haqida o‘ylab yurgandim, — deydi Xurliman Niyetbayeva. — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining tashabbuslari, amaliy ishlari menga ma’qul bo‘ldi. Partiya deputatlarining tashabbuslari, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlari haqida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishib boryapman. Partiya dasturiy maqsad va vazifalarini aholi orasida, ayniqsa yoshlar orasida keng targ‘ib qilishga bor kuch g‘ayratim bilan harakat qilaman.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish