Navro‘z mehr-muruvvat bayrami

 

O‘zbekiston XDP Shahrisabz tuman kengashi tashabbusi bilan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shahrisabz tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Navro‘z mehr-muruvvat bayrami” shiori ostida tumandagi "Chorshanbe" va "Istiqbol" MFY larida yashovchi “Temir daftar” va “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor oilalar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Shuningdek tadbir davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning hovlilariga “Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mevali hamda manzarali daraxtlar ekilib, obodonlashtirish ishlari olib borishda yordam ko‘rsatildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish