Salomatlik muhofazasi doimiy e’tiborda
Salomatlik muhofazasi doimiy e’tiborda

 

O‘zbekiston XDP Shofirkon tuman kengashi tomonidan "Bobohaydar" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan tibbiyot maskanida "Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda" loyihasi doirasida tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi.

Tadbirda 30 nafardan ortiq ayollar va bolalar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi va ko‘rik natijasida kasalligi aniqlangan bemorlarga tavsiyalar berildi.

Kam ta’minlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollar va bolalarga bepul davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish