Inson qadri ulug‘lanayotgan yurt
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha seminarlar butun yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilmoqda.
Xususan, Andijon viloyatida ham bu borada qator uchrashuvlar va muloqotlar tashkil etilmoqda. Andijon shahar 35-DMI majlislar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ye.V.Babenko, viloyat deputatlik guruhi rahbari, partiya viloyat kengashi raisi B.Qurbonovlar ishtirok etishdi.
Konstitutsiyaning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida tutadigan o‘rni, mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan keng fikr-mulohazalar almashildi.