Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga Toshkent shahridan ko‘rsatilgan takroriy ovoz berishlarda ishtirok etuvchi nomzodlar

Iroda ABDULLAYEVA, biolog, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Shayxontohur tumani raisi, 148-Ko‘kcha saylov okrugidan nomzod:

— Bugungi kunda Shayxontohur tumanida istiqomat qilayotgan 340 ming nafardan ziyod aholiga 9 ta oilaviy poliklinika, 1ta tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, 1-shahar klinik shifoxonasi, shahar perenatal markazi, 1 ta bolalar klinik shifoxonasi, shahar OITSga qarshi kurashish markazi, 1 ta bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi 1 ta bolalar stomatologiya poliklinikasi, tez tibbiy klinika shifoxonasi xizmat ko‘rsatmoqda. Ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, malakali kadrlar bilan ta'minlash lozim, deb hisoblayman. Shuningdek, o‘z saylovoldi dasturimda barcha tibbiyot muassasalarida kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlardan foydalangan holda har yili bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish taklifini ilgari suryapman.

 

 

Baxtiyor ABDULLAYEV, Filolog, iqtisodchi, O‘zbekiston Xalq demokratik pariyasi Markaziy Kengashi tashkiliy-nazorat va kadrlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i:

— Saylovoldi dasturimda aholiga manzur keladigan, ularning manfaatlaridan kelib chiqib qator masalalar kiritilgan. Masalan, markazlashgan isitish va issiq suv ta'minotini, maishiy chiqindilarni olib ketish va utilizatsiya qilish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalarni tabiiy monopoliyasi bo‘yicha qonunchilik me'yorlarini ko‘rib chiqishni taklif etayapmiz.

Uy-joy fondini - kommunal xizmatlar yetkazib beruvchi tashkilotlar hisobidan zamonaviy elektr energiya, tabiiy gaz, ichimlik suvi, issiqlik energiyasi va issiq suv hisoblash asboblari bilan to‘liq ta'minlash taklifini ilgari surmoqdaman. Shu bilan birga kommunal xizmatlar uchun barcha o‘lchov asboblarini yetkazib beruvchi tashkilotlar balansiga o‘tkazish hamda ularning zimmasiga asboblarga texnik xizmat ko‘rsatish, ta'mirlash va muntazam tekshirish vazifasini yuklash kerak, deb hisoblayman.

 

Xalq demokratik partiyasi nomzodlariga ovoz bering!

Teglar

Saylov-2019
← Roʻyxatga qaytish