Yangi Konstitutsiya sifatli tibbiy xizmatlar kafolati
Yangi Konstitutsiya sifatli tibbiy xizmatlar kafolati

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sherzod Raxmonov Peshku tumanida Bosh Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarishlarga doir targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Tavakkal Choriyev, Peshku tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi xodimlari, Tibbiyot texnikumi talabalari hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida deputat Sherzod Raxmonov Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgarishlar, yangi normalarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish berib o‘tdi.

Jumladan, loyihada aholi salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar ko‘paytirilib, endilikda aholi kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu aholi sog‘lig‘ini ishonchli muhofaza etish hamda onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tahdidini bartaraf etishda juda muhim ahamiyatga egadir.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish