Kattaqo‘rg‘on shahar va Narpay tuman hokimligida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun loyixasining mazmun-mohiyati bo‘yicha muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh. Bo‘ronov, tumandagi mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin qizlar faollari, profilaktika inspektorlari ishtirok etdi. Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda aks etayotgan yangi me’yorlar, ularning hayotimizdagi ahamiyati to‘g‘risida atroflicha tushuntirish berildi.
Shu kuni Paxtachi tumanining 1-sektor hududidagi mahallalarning oqsoqollari, ko‘cha boshilari va faollari ishtirokida ham konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Narpay tumanidagi 13-sonli musiqa maktabida bo‘lib o‘tgan muloqotda tumanning 3-va 4-sektori hududidagi mahalla faollari, ko‘cha boshilari nuroniy-oqsoqollar qatnashdi. Unda yangilanayotgan Konstitutsiyamizga fuqarolarning ustuvor huquqlarini kafolatlash, davlatning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish borasida kiritilayotgan hayotiy normalar haqida aniq misollar asosida ma’lumot berildi.
Muloqot tadbirlarida aholi vakillari faol qatnashib, yangilanayotgan Konstitutsiyani qo‘llab-quvvatlashlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini ham bildirishmoqda.