Referendum targ‘ibotida xotin-qizlar faol ishtirok etmoqda
Referendum targ‘ibotida xotin-qizlar faol ishtirok etmoqda

 

O‘zXDP Sirdaryo viloyat kengashi tomonidan "Yangi Konstitusiya davlat va xalq manfaatlari mushtarakligining yangi bosqichi" shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda partiya xodimlari, Guliston shahar Kengashi deputati V. Xasanov, viloyat Ma'naviyat markazi xodimlari va talaba yoshlar ishtirok etdi. Dastlab deputat tomonidan qomusimizdagi asosiy o‘zgarishlar haqida malumot berildi.

So‘ngra xotin-qizlar va yoshlarga qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, Konstitusiyamizning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ma'ruzalar va islohotlarning mazmuni va xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati xususida tushuntirildi. Tadbir doirasida "Munozara" intelektual o‘yini ham o‘tkazildi.

Davra suhbati qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi va tadbir so‘nggida barchani 30-aprel kuni o‘tkaziladigan Referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish