Konstitutsiyada iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar
Konstitutsiyada iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar

 

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ilhomov Muxtor Atxamovich Uchtepa tumanidagi "Xojiobod" mahallasi fuqarolari biln uchrashib, "Konstitutsiya o‘zimizniki" mavzusida muloqot qildi.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartishlar hamda Referendum bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tdi. Yig‘ilganlarning barchasi 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati N. Eshmetova Yunusobod tumanida joylashgan "Oloy" bozorida bo‘lib, sotuvchi va xaridorlar bilan suhbatlashdi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida fuqarolarga tushuntirishlar berdi. turli tashkilot va muassasalarda umumxalq referendumida faol ishtirok etish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bektemir tuman Kengashi deputatlari 571-DMTT ga tashrif buyurib, "Xalq Konstitutsiyasi, xalq tanlovi" shiori ostida Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi.

L. To‘ychiboyevna 42-,44-,47-,48-moddalar haqida batafsil to‘xtalib, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanayotganligi, homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi, har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga egaligi mustahkamlab qo‘yilayotgani xususida suhbatlashdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish