Bu mеning tanlovim – mеning konstitutsiyam!
Bu mеning tanlovim – mеning konstitutsiyam!

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi tomonidan Nukus shahrida yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik vakillariga tushuntirish va referendumda faol ishtirok etishga chorlovga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Ilmga, yangilikka chanqoq yoshlar bir yerga jamlagan tadbir chin ma’noda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangilanayotgan Konstitutsiya jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlarini himoya qilishi, aholining ijtimoiy ta’minoti bilan bog‘liq barcha masalalarni qamrab olgani, davlatning fuqarolar oldidagi majburiyatlari ortayotgani bilan ahamiyatli ekanini ta’kidlab o‘tdi.

So‘zga chiqqanlar 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish