Fuqarolarning muammolari tinglandi
Fuqarolarning muammolari tinglandi

 

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati M. Ilhomov hamda Uchtepa tuman 3-sektor rahbari polkovnik D. Mirsodiqovlar ishtirokida tumandagi Ko‘rkamobod mahallasi fuqarolarini qiynab kelayotgan muammolarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida 15 nafar fuqaro 20 ga yaqin masalada murojaat qilib, muammolarga yechim topishda yordam so‘radi. Aholi bilan muloqot chog‘ida 2 nafar fuqaroga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Fuqarolar tomonidan 22-sonli Oilaviy poliklinika faoliyati yuzasidan bildirilgan e’tirozlar yuzasidan poliklinika rahbarlariga tegishli chora-tadbirlar belgilanib, aholini muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Faxriy Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish