Ishchi guruh tibbiy xizmat sifatini o‘rgandi
Ishchi guruh tibbiy xizmat sifatini o‘rgandi

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Vorisova Maqsuda Azizovna boshchilik respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi va partiya vakillaridan iborat ishchi guruh Sardoba tumanida bo‘ldi.

"Qo‘rg‘ontepa" MFY hududidagi 26-oilaviy shifoxonada, tuman Markaziy shifoxonasi va markaziy poliklinikasiga tashrif buyugan ishchi guruhi a’zolari aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini oshirish, tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi o‘rni va maqomini kuchaytirish, sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish borasida amaliyotga tadbiq etilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini har tomonlama mustahkamlash, tibbiy profilaktika va patronaj tizimining mutlaqo yangi tizimini joriy qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va aholi salomatligini ta’minlashning mahallalar va xonadonlar darajasigacha qamrab oladigan yaxlit tizimini yaratish borasida joylardagi mutaxassislarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Avvalambor sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollikni oshirishni tizimli tashkil etish hamda keng targ‘ib qilish, sohada yetuk va chuqur bilimga ega kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda raqobat muhitini yaratish, tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish orqali joylardagi tibbiy yordamning samaradorligi, sifatini oshirish, tumanda aholiga ko‘rsatilayotgan zamonaviy tibbiy xizmatning ahvoli, mavjud qulaylik va imkoniyatlar, muammo va kamchiliklar har tomonlama tahlil etildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi hamda kelgusida bu borada hamkorlik rejalari belgilandi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish