Qashqadaryoda qurultoy delegatlari saylandi

 

Bugun O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat kengashining VII plenumi bo‘lib o‘tdi.

Unda partiya viloyat kengashi hamda viloyat partiya tashkiloti taftish komissiyasi a’zolari, tumanlar va shaharlar partiya tashkilotlari rahbarlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari a’zolari, yoshlar va ayollar qanotlari faollari, hamkor tashkilotlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ma’lumki, saylov demokratiyaning eng oliy ko‘rinishidir. Shundan kelib chiqib saylov kompaniyasining har bir bosqichida mas’uliyat bilan ishtirok etish, avvalo jamoatchilikka, partiyamiz elektorati vakillariga viloyat partiya tashkilotlarimiz hamda partiyamizdan saylangan deputatlarimiz tomonidan qilinayotgan amaliy ishlar to‘g‘risida keng axborot berish muhim ahamiyatga ega.

Plenumda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining XIII Qurultoyiga Qashqadaryo viloyat tashkilotidan 7 nafar delegat saylandi.

 

 

 

Teglar

Plenum Saylov
← Roʻyxatga qaytish