“Bolalarga bering dunyoni”

 

Bola kulsa olam kuladi, deydi xalqimiz. Darhaqiqat, dunyoda bolalarning beg‘ubor kulgusidan go‘zalroq quvonch yo‘q. Farzandlar chehrasidagi tabassum bois butun olam nazdimizda munavvar ko‘rinadi.

O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi tashabbusi bilan 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Jizzax shahridagi 21-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayramda bolajonlar turli chiqishlari bilan ham ishtirok etdi. Yakunda ularga bayram sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat
← Roʻyxatga qaytish