Jizzaxdagi ishonchli vakilning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda

 

O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Jizzax viloyatidagi ishonchli vakili Zulayxo Akramova Jizzax shahar kardiologiya bo‘limida saylovchilar uchrashuv o‘tkazdi.

Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili saylovchilarga nomzodning saylovoldi dasturi haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Xususan, ishonchli vakil yig‘ilganlarga nomzodning dasturidagi barcha fuqarolar uchun adolatli davlat pensiya ta’minoti tizimini joriy qilish, shu jumladan, er yoki xotini vafot etganda hamda vafot etgan shaxs ko‘proq pensiya olgan taqdirda, ushbu pensiyani uning hayot bo‘lgan turmush o‘rtog‘iga o‘tkazib berish (pensiyani almashtirish) tartibi haqidagi tashabbusi bo‘yicha alohida tushuntirishlar berdi.

Uchrashuvda ishonchli vakil faollarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berdi.

 

 

 

Teglar

Saylov
← Roʻyxatga qaytish