Ishonchli vakil jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi

 

O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Jizzax viloyatidagi ishonchli vakili Zulayxo Akramova Do‘stlik tumanidagi 3-sonli musiqa va san’at kasb-hunar maktabi binosida saylovchilar uchrashuv o‘tkazdi.

Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakil saylovchilarga nomzodning saylovoldi dasturi haqida ma’lumot va tushuntirishlar berdi.

Jumladan, dasturdagi fuqarolarning bandligini ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rish, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga g‘amxo‘rlik qilish tashabbusining nechog‘lik ahamiyatli ekanligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, mazkur tashabbusning amalga oshirilishi orqali ko‘plab odamlarning og‘iri yengil bo‘lishini qayd etdi.

Uchrashuvda ishonchli vakil faollarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berdi.

 

 

 

Teglar

Saylov
← Roʻyxatga qaytish