Sirdaryodagi ishonchli vakil oqoltinliklar bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Sirdaryo viloyatidagi ishonchli vakili Sherali Mamadetsoyev Oqoltin tumani Madaniyat saroyida saylovchilar uchrashdi.

Ishonchli vakil Saylovchilarning saylovoldi dasturi bo‘yicha savollariga javob berar ekan, dasturdagi tashabbuslarning mazmun-mohiyatini ham yig‘ilganlarga atroflicha tushuntirdi.

Xususan, noqonuniy qurilishlarning oldini olish maqsadida sohada jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni yanada kuchaytirish, shaharlar va aholi yashash punktlarida yashil hududlar, istirohat bog‘lari, bolalar o‘yingohlarini kengaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning dam olishi uchun sharoitlarni yaxshilash tashabbuslariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, mazkur tashabbuslarning amalga oshirilishining naqadar ahamiyatli ekanini qayd etdi.

Uchrashuv so‘nggida ham faol saylovchilar tarafidan ko‘plab savollar berildi. Ishonchli vakil Sherali Mamadetsoyev savollarning barchasiga bafurja javoblar berdi.

 

 

 

Teglar

Saylov
← Roʻyxatga qaytish