“Uyma-uy” loyihasi amalda
Zarbdor tumani Yoshlik MFYda O‘zbekiston XDP deputati Islom Julibekov mahalla faollari bilan birgalikda kam ta’minlangan oilalarga tashrif buyurib, ularning muammolarini o‘rgandi.
Maqsad joylarda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan, ish bilan ta’minlanmagan ayollarni o‘z vaqtida aniqlash, ular bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni olib borish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
O‘rganish jarayonida uy-joyini ta’mirlash, sog‘lig‘ida muammosi bor xotin-qizlar aniqlanib, ularga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.