“Yilning eng namunali mahalla raisi” nominatsiyasi g‘olibi
“Yilning eng namunali mahalla raisi” nominatsiyasi g‘olibi

 

O‘zbekiston XDP Boyovut tuman kengashi deputati, Boyovut tumani «Navbahor» MFY raisi Jumaboy Rahmonqulov “Yilning eng namunali mahalla raisi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

– Jumaboy Rahmonqulov nafaqada bo‘lsada, bir kun ham uyda o‘tirmagan. Mahallaning muammolariga yechim izlaydi. Har bir ko‘cha, har bir xonadonni besh qo‘liday biladi. Keng fe’l, o‘ta mulohazali, xushchaqchaq odam, – deydi uni yaxshi tanigan insonlar. Mahalla raisligiga bo‘lib o‘tgan saylovda 95 foiz ovoz olib, yig‘inga rais bo‘lib saylangan. “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘ini Boyovut tumanidagi ilg‘or mahallalardan biri sanaladi.

Uzoq yillardan buyon odamlarni toza ichimlik suvi muammosi qiynab kelar edi. Deputat tashabbusi bilan mahallada 5 ta artezian qudug‘i qazildi va 14 ta ko‘chaga quvur tortilib, toza ichimlik suvi keltirildi. “Tashabbusli budjet” loyihasida ishtirok etib, 1 mlrd. 250 mln. so‘m yutib olindi. Natijada 1,9 km. masofadagi yo‘lga asfalt yotqizildi. 300 ta oilaga dehqonchilik qilish uchun yer ajratildi.

 

 

 

Teglar

Faxriy Deputat Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish