Mehr ulashaylik
Mehr ulashaylik

 

Inson qalbiga yo‘l muhtojlarga saxovatdan boshlanadi. Ming yillar davomida shakllangan mehr-oqibat, muruvvat tushunchalari asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasidir.

Ijtimoiy ko‘makka muhtojlar holidan xabar olish, ularga saxovat ko‘rsatish xalqimizga xos an’ana desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bu kabi ezgu ishlar nogironligi bo‘lgan shaxslarni qadr-qimmati, huquqlarini himoyalash, turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilishi, shubhasiz. Zero, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi faolligini ta’minlashga erishish mumkin.

Kuni kecha O‘zbekiston XDP Mirishkor tuman kengashi tomonidan Mirishkor tuman Oqmachit MFYda yashovchi 2-guruh nogironi Qurbonnazarov Ziyodullo Odil o‘g‘li xolidan xabar olinib oziq-ovqat mahsulotlari, partiyaning esdalik sovg‘alari hamda kiyim-kechaklar ulashildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish