Xotin-qizlar muammolari o‘rganilmoqda
Xotin-qizlar muammolari o‘rganilmoqda

 

O‘zbekiston XDP Mirzacho‘l tuman kengashi deputatlik guruhi a’zosi Barfi Amanova “Uyma-uy” loyihasi doirasida “Do‘stlik” mahallasidagi xonadonlarda bo‘lib, aholi, xotin-qizlar muammolarini o‘rgandi

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, joylarda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan, ish bilan ta’minlanmagan ayollarni o‘z vaqtida aniqlash, ular bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni olib borish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

O‘rganish natijasiga ko‘ra O‘xum ko‘chasida yashovchi fuqarolar — Xasanov, Raxmanov, Eshimov hamda Boboyevlar oilalari bilan yaqindan tanishib, gulchilik, tikuvchilik bilan shug‘ullanayotganlarga, subsidiya olmoqchi bo‘lganlarga, sog‘ligi bo‘yicha muammolari eshitilib, huquqiy maslahatlar berildi.

 

O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish