Deputat saylovchilar bilan uchrashib, mahalladagi mavjud muammolarni o‘rgandi

 

Uchrashuvda Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Obloqul Isanov saylovchilarga hududlardagi bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida aholining muammo va takliflari tinglandi. Jumladan, ishtirokchilar tomonidan yo‘llarni asfaltlash va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish kabi muammolar bildirildi.

Ko‘tarilgan masalalarning aksariyati qonun doirasida o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomasi yuborish orqali bajarilishi nazoratga olindi.

Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvi joylarda davom etmoqda.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish