Elektoratimiz vakillari doimo e‘tiborda
Elektoratimiz vakillari doimo e‘tiborda

 

 

 

Yurtimizda "Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish hamda kambagʻallik bilan kurashish koʻlamini yanada kengaytirish" maqsadida koʻplab amaliy loyihalar oʻtkazilmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston XDP Buloqboshi tuman kengashi raisi M. Xolmirzayeva tomonidan "Uyma-uy" loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi. Unda Koʻprikboshi va Navoiy mahalla fuqarolar yigʻinlarida yashovchi nogironligi bor yolgʻiz keksalar va xotin-qizlar holidan xabar olindi.

Ulardan Abdurahmonova Nasimaxonga nogironlik aravachasi, Aliyeva Dilraboga qoʻltiqtayoq, Ismoilova Xabibaxonga esa oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi. Shuningdek, hamshiralar bilan hamkorlikda uzoq vaqt bemor yotgan yoshi ulugʻ onaxonlar va ayollar holidan xabar olinib, kerakli dori-darmonlar bilan taʼminlandi.

 

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish