Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashi deputati Azizbek Jabborov Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasida boʻlib, davolanayotgan bemorlarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar ahvoli va sifati boʻyicha oʻrganish oʻtkazdi.
Deputat tibbiyot birlashmasida davolanayotgan ayollarga eʼtibor qaratib, "Onalik va bolalik muhofazasi" boʻyicha berilayotgan imtiyozli dori - darmonlar , bepul tibbiy koʻriklar va maslahatlar ahvoli toʻgʻrisida tanishib chiqdi.
Bemorlarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar ahvoli, ularga bepul berilayotgan dori-darmonlar va laboratoriya tahlillari boʻyicha bemorlar bilan suhbatlar oʻtkazdi.
Deputatimiz bemorlar bilan boʻlgan suhbati davomida sogʻliqni saqlash tizimida boʻlayotgan islohotlar, ularning tibbiy xizmat olishi boʻyicha huquqlari toʻgʻrisida tushunchalar berdi.
Oʻzbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi